0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor

2018-yilning 4-dekabr kuni universitet faollar zalida Xorijiy tillar fakultetida tahsil olayotgan hamda faoliyat olib borayotgan “Talaba –yoshlar hamda yosh o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar” bilan “Rektor va yoshlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.Xolmirzayev, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev, Universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi T.Valiyev, fakultet dekani E.Murtazayev, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, guruh murabbiylari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi  tasdiqlanganligi va bu dastur asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi o‘z faoliyatini boshlaganligi, bu jamg‘arma yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashayotganligi, Oliy ta’lim muassasalarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, navbatdagi vazifalar,  talaba-yoshlarning hamda yosh o‘qituvchilarning o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishlari va izlanishlari uchun chet el oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuvlar bo‘layotganligi, talaba-yoshlarning o‘qish va izlanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, bu imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bo‘lganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri rektorga murojaat qilish mumkinligi xususida ta’kidlab o‘tishdi.

Uchrashuv ochiq muloqot, savol-javob tarzida bo‘lib o‘tib, unda so‘z olgan talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari va takliflari bilan faol qatnashdilar.

Uchrashuv so‘ngida yil mobaynida  o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbilarida faol qatnashib kelayotgan talabalar fakultet dekanati tomonidan taqdirlandilar.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________