0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

O‘zbekiston OTMlarida doktorlik ta’limi sifatini takomillashtirish

Qarshi davlat universitetida 2018-yil 4-dekabr kuni O‘zbekiston OTMlarida doktorlik ta’limi sifatini takomillashtirish

(UZDOC 2.0., Erasmus + Key Action 2: Capacity Building in Higher Education-Structural Projectsgrant agreement number: 2016-3796/001-001) loyihasi doirasida loyiha ishtirokchilarining III Mahalliy koordinatsion kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur kengash yig‘ilishiga loyiha ishida ishtirok etayotgan OTMlar– Qoraqalpoq davlat universiteti hamda Namangan davlat universiteti mahalliy koordinatorlari va loyiha ishtirokchilari tashrif buyurishdi. Yig‘ilish bevosita ishtirok etish hamda videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Xususan, tadbirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent kimyo texnologiya instituti va Toshkent moliya institutidan loyiha koordinatorlari va ishtirokchilari onlayn aloqa orqali qatnashishdi.

UZDOC 2.0. loyihasi bosh koordinatori bilan birgalikda ishlab chiqilgan kun tartibi asosida o‘tkazilgan yig‘ilish samarali o‘tdi va barcha rejalashtirilgan masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekistonda doktorlik ta’limida kuzatilayotgan islohotlarning loyiha faoliyatida aks etayotganligi e’tirof etildi hamda ularga bog‘liq holda loyihada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli tadbirlar bo‘yicha takliflar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan qo‘shma doktorlik dasturi modeli, virtual doktorantura markazini tashkil etish hamda O‘zbekiston OTMlari orasida doktorlik ta’limida amalga oshiriladigan hamkorlik bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlash masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilishda loyihaning yakuniy yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan faoliyati bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi va hamkor O‘zbekiston OTMlari vazifalari belgilab olindi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________