0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorligi: ta’lim mazmunini boyitishda yangicha yondashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi 2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash

hamda Qarshi davlat universiteti va Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti o‘rtasida 2015-yilda imzolangan o‘zaro hamkorlik shartnomasiga muvofiq qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ilm-fanni o‘zaro hamkorlikda rivojlantirish maqsadida erishilgan kelishuv shartnomasi doirasida joriy yil dekabr oyining birinchi haftasida Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universitetidan taklif qilingan bir guruh professor-o‘qituvchilar Qarshi davlat universitetida tahsil olayotgan talabalarga seminar-trening va ma’ruzalar o‘tmoqdalar.

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bo‘yicha taklif eilgan Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti dotsenti Danilenko Anjela Pavlovna shu yo‘nalish talabalariga “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qitish metodikasi” fanidan ma’ruza darslarini olib bormoqda.

Ma’ruza davomida talabalar O‘zbekistonda va Rossiyada tasviriy san’at ta’limi masalalarini o‘zaro taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishyapti.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________