0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Iste’dod jilolari

2018-yil 7-noyabr kuni Qarshi davlat  universitetining 5-talabalar turar joyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti va O‘zbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan “Iste’dod jilolari” deb nomlangan she’rxonlik kechasi o‘tkazildi.

She’rxonlik kechasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  universitet boshlang‘ich tashkiloti a’zolari, O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘qituvchisi f.f.n. O. O‘rinova, 5-TTJ pedagog-tarbiyachisi S. Mo‘minov, O‘zbek filologiyasi fakulteti yoshlar ittifoqi yetakchisi D. Qo‘ziboyev va universitetning ijodkor talabalari ishtirok etishdi.

Adabiyot va san’atga ulkan muhabbat xalqimiz qonida, zehniyatida azaldan ustuvordir. Adabiyotga qadam qo‘ygan har bir insonda ichki shavq, hayajon kuchli bo‘ladi. Siz yuksak tog‘ ustiga chiqib moviy kengliklarga qaraganmisiz? Kiftingizda qanot, qalbingizda parvoz shavqini sezganmisiz? Quyida turmush tashvishlari bilan yurgan odamlarning bo‘ylari ham, o‘ylari ham juda ushoq bo‘lib ko‘ringanmi? O‘zingizni o‘tkinchi va mayda hoyu-havaslardan yuksakda, bamisoli arshi a’loda, Parvardigor huzurida turganday his qilganmisiz? Bunday holatni boshdan kechirgan bo‘lsangiz, demak, siz she’riyatdan voqifsiz degan edi O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov. Barcha san’at turlari kabi she’riyat ham inson qalbiga, ruhiyatiga g‘izo beradi, unga qanot bo‘lib, yuksakka ko‘taradi. Soz va ohanglar, mo‘yqalam va ranglar kabi qalam va so‘z ham tuyg‘ularimiz tarbiyachisi, bizlarni kamolot sari yetaklovchi ulkan qudratdir.

Tadbirda tabiiy fanlar, o‘zbek filologiyasi, xorijiy tillar, jismoniy madaniyat fakulteti talabalari ijodlaridan go‘zal namunalar tinglandi.

Tadbir so‘ngida ijodkorlar tomonidan o‘qilgan har bir she’r ishtirokchilar tomonidan e’tirof etilib, bunday nazm kechasini oyda bir marta tashkil etishga kelishib olindi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________