0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Tabiiy va is gazidan zaharlanishni oldini olaylik!

Talabalar shaharchasi direksiyasi Qarshi shahar IIB bilan hamkorlikda 2018- yil 7-noyabr kuni 3-talabalar turar joyida “Tabiiy va is gazidan zaharlanishni oldini olaylik” mavzusida tadbir o‘tkazdi.

Unda talabalar shaharchasi direktori N.Pardaqulov, Qarshi shahar IIB xodimlari, mayor N.Qodirov, leytenant N.Sodiqov, “Mahallot” MFY profilaktika inspektori, leytenant U.Habibov, TTJlarning barcha komendantlari, pedagog-tarbiyachilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Qarshi shahar IIB xodimlari, mayor N.Qodirov, leytenant N.Sodiqov so‘zga chiqib aholi orasida is gazidan zaharlanish holatlari, gaz tarmoqlaridagi avariyalar hamda ularning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar soni so‘nggi vaqtda tez-tez kuzatilayotganligini, aksariyat xollarda is gazidan zaharlanish va gazdan chaqnashlar tabiiy gaz va muqobil yoqilg‘i turlarida ishlovchi isitish pechlari va boshqa jihozlardan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik, nostandart (qo‘lbola yasalgan) va chet elda ishlab chiqarilgan sertifikatga ega bo‘lmagan isitish uskunalari, gaz so‘rish nasoslaridan foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgani aniqlanganligi xususida ma’lumot berishdi.

“Bunday tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad gazdan xavfsiz foydalanish yuzasidan talabalar o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish va bugungi kunda ko‘p uchrayotgan is gazidan zaharlanishdek salbiy holatlarni oldini olishdan iborat”, – deydi talabalar shaharchasi direktori N.Pardaqulov. - Qish faslida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham yuqori bo‘ladi. Shunday paytlarda, avvalo, tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalanishga e’tiborni kuchaytirish talab etiladi.

Tadbirda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan talablar, kundalik turmushda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talafotlar oldini olish bo‘yicha ko‘rilishi lozim bo‘lgan amaliy harakatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________