0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Gruziyalik olimlar bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Shu yil 5 – 8 noyabr kunlari xalqaro kelishuv bitimi doirasida universitetimizda Gruziya Respublikasining Kutaisi shahrida joylashgan Akaki Sereteli davlat universiteti professorlari

Guram Chikivani (u ayni vaqtda Tbilisi mustaqil universiteti Arab mamlakatlari va Islom dunyosini o‘rganish ilmiy tadqiqotlar markazi direktori bo‘lib ham ishlaydi) va Zviadi Sxvediani janoblari bo‘lib, bir qator muloqotlar olib bordi hamda universitetlar o‘rtasida ilmiy va metodik tajriba almashinuvi, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash borasida kelgusi ishlar rejalarini tuzib olishda ishtirok etdi.

7-noyabr kuni gruziyalik mehmonlar va O‘zbek filologiyasi fakulteti professor o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, magistrlari hamda talabalari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim materiallarini takomillashtirish, ilmiy tadqiqot ishlarini yuksaltirish va o‘zaro aloqalarni kengaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, hamkorlikda ikkita filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi tayyorlab, himoyasini Yevropa ilmiy markazlaridan birida o‘tkazish, kamida bitta xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish, Gruziyada mavjud o‘zbek milliy madaniy merosiga doir qo‘lyozma manbalarni o‘rganish, bitta xalqaro andazalarga mos yillik ilmiy jurnal ta’sis etish va doimiy ilmiy fikr almashinuvi tadbirlarini uyushtirib borish kabilarga kelishib olindi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________