0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Ochiq darslar o‘qituvchi mahoratini belgilaydi

2018-yil 29-oktabr kuni Psixologiya kafedrasi dotsenti B.Jo‘rayevning Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti milliya g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-kurs talabalari 01672-01673 guruhlarida umumiy psixologiya fanidan “Kichik maktab yosh davrining psixologik xususiyatlari” mavzusida ochiq darsi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq darsda universitet ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i dotsent B.Saidov, Pedagogika fakulteti dekani dotsent Sh.Nurullayeva hamda fakultet sifat komissiyasi a’zolari dotsent M.Maqsadova, katta o‘qituvchi M.Murodov va psixologiya kafedrasi dotsentlari L.Beknazarova, M.Fayziyevalar ishtirok etishdi. “Ochiq dars” o‘tishda o‘qituvchi o‘z fanini hamda shu qatori o‘quvchi psixologiyasini mukammal bilishi, o‘quvchilar bilan muloqot jarayonlarida uni tez tushuna olishi kabi talablar qo‘yiladi.

O‘qituvchi B.Jo‘rayev tomonidan mavzu elektron doskada slaydlar orqali talabalarga tushunarli va aniq tarzda bayon etildi. Qiziqarli savol-javob ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan “Ochiq dars” kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan namunali deb baholandi hamda Psixologiya kafedrasi yosh o‘qituvchilari uchun uslubiy ko‘rsatma sifatida foydalanishga tavsiya etildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________