0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” respublika tanlovida Qarshi Davlat universiteti o‘qituvchisi g‘olib deb e’tirof etildi

Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya – har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir.

SH.Mirziyoyev 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi”

tanlovi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 32-sonli qarori ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali pedagog kadrlarni aniqlash, ularning faoliyati nufuzini yanada oshirish, o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining kasbiy ravnaqini rag‘batlantirish va mahoratini oshirish maqsadida 2018 yil uchun“Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” respublika tanlovi o‘tkazildi. E’tiborli jihati, tanlovning “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha universitetning Nemis tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Kiyamova Maxbuba Sultanovna g‘olib deb topildi. Fursatdan foydalanib kasbdoshimiz, hurmatli ustoz Maxbuba Kiyamovani ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaymiz. Ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda doimo omad yor bo‘lsin. Bunday yutuqlar ko‘lami yanada kengayishiga tilakdoshmiz. G‘oliblik muborak bo‘lsin!

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________