0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi amalda!

Davlat va jamiyat boshqaruvida ham, biznesni taraqqiy ettirishda ham, umuman, barcha soha rivojida salohiyatli yoshlar muhim o‘rin tutadi.

Sababi yangidan-yangi tashabbus-g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda yoshlarning nuqtai nazari va sa’y-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. 2018-yil 10-oktabr kuni Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti faollar zalida “Yoshlar  kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet dekani prof. B. Eshov, universitet o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i  dots. N. Xolmirzayev, universitet professor o‘qituvchisi A. Erkayev hamda Tarix ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabasi Azizbek Mahmanazarovlar ma’ruza qilishdi. Ular o‘z so‘zida yurtimizda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganligini, joriy yil 27-iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi tasdiqlanganligi, mazkur hujjat joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, shu asosda yoshlar bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlashdi. Tadbir so‘ngida “Ilmdan boshqa najot yo‘q” nomli film namoyish etildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________