0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Qiz bola – bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir!

Qizlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtidorli qizlar safini kengaytirish, shu bilan birga uyushmagan qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning kiyinish va muomala madaniyatini oshirish,

ongi va qalbini g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilish, bugungi ezgu islohotlarga faol munosabatini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularni oilaviy hayotga tayyorlash butun dunyoda nishonlanadigan “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan II-Respublika festivalining asosiy maqsadidir. “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan 11-oktabr kuni Tabiiy  fanlar  fakultetida  fan olimpiadasi g‘oliblari, nomzod stipendiyalar sohibalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirni fakulteti dekani B. Boysunov kirish so‘zi ochib berdi. U o‘z so‘zida yosh qizlar, ayollar masalasi, ularning salomatligini yaxshilash, ta’lim olishiga shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini, bu borada talaba-qizlarning faolligi ham muhim bosqich ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur tadbirda shuningdek, universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G. Uzoqova, fakultet boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D.Nuriddinova hamda iqtidorli, faol, tashabbuskor talaba qizlar so‘zga chiqishib, farovon jamiyatni qurishda yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir qizlar juda kerakli ekanligini e’tirof etib o‘tishdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________