0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Universitetda “Xalqaro qizlar kuni” keng nishonlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-sonli “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 2018-yil 4-oktabrdagi 08/1171-18-sonli topshiriq xatiga asosan, “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan II-Respublika qizlar festivali o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 11-oktabr kuni Qarshi davlat universiteti Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida barcha fakultetlarda tanlovlar, tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etildi. Jumladan, Tabiiy fanlar fakultetida Fan olimpiadasi g‘oliblari, nomdor stipendiya sohibalari bilan uchrashuv, Jismoniy madaniyat fakultetida “Sportchi qizlarimiz O‘zbekistonni dunyoga tanitadi”, Fizika-matematika fakultetida Yosh hunarmand qizlarning ijodiy ko‘rgazmasi, O‘zbek filologiyasi fakultetida “Buyuk mushoira etadi davom”, Tarix va ijtimoiy fanlar fakultetida “Eng ko‘p kitob o‘qigan qiz”, Xorijiy tillar fakultetida “Eng ko‘p xorijiy tillarni o‘zlashtirgan qiz”, Pedagogika fakultetida Yosh rassom qizlarning ijodiy ko‘rgazmasi  bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida tashkillashtirilgan yakuniy tadbirda ijod namunalari eng yaxshi deb topilgan yosh rassom qizlar, Fan olimpiadalari g‘olibalari, nomdor stipendiya sohibalari, sportchi qizlar, iqtidorli, ijodkor qizlar universitet ma’muriyati, xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan  taqdirlandilar. Tadbir yakunida universitetning musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.

 

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________