0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Til – millat ko‘zgusi

21 oktabr – “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun 

Odam bolasi, eng avvalo, til, shuur va mehr singari benazir ne’matlarga sohib bo‘lgach, u inson deb atalmish ulug‘ rutbaga erishgan.

Yer yuzidagi barcha mavjudot maxluqotni inson hamda hayvon maqomida farqlovchi buyuk va bemisl mezondir. Bobokalonimiz Alisher Navoiyning “Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, bilki guhari sharifroq yo‘q ondin” baytida bu haqiqat betakror tarzda ifoda etilgan.

Joriy yil 10-oktabr kuni universitet faollar zalida “Til - millat mulki” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni O‘quv ishlari prorektori, professor Y.Eshqobilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi rais o‘rinbosari S.Musulmonov, Respublika Ma’naviyat-targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi xodimi L.Qambarovlar so‘zga chiqishdi. O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi N.Norxadjayeva “O‘zbek tili o‘lmaydi” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi. Tadbir ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________