0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Yosh tadbirkor – elga madadkor

Tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi.

SH.Mirziyoyev 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 12-sentabrdagi “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida yoshlarni tadbirkorlikka keng yo‘naltirish bo‘yicha

respublika oliygohlari bazasida o‘quv kursni tashkil etish to‘g‘risida”gi 87-02-2518-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi davlat universitetida joriy yilning 8-oktabridan tadbirkorlikka iqtidori, qiziqishi bor va kelajakda tadbirkorlik faoliyatini olib borish istagi bo‘lgan yosh talabalar uchun maxsus kurs boshlandi. Mashg‘ulotlarda Respublika yosh tadbirkorlar bo‘linmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi rahbari A.Toxirov, viloyat Xalq banki xodimi D.Salohiddinova, Qarshi shahar Davlat xizmatlari markazi xodimi D.Qilichovlar ma’ruza qildilar.

Maxsus kurs belgilangan o‘quv reja jadval asosida 2018-yil 27-oktabrga qadar davom etadi. Maxsus kurs yakunida tinglovchilarga sertifikat topshiriladi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________