0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Nemis tili va adabiyoti kafedrasida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi

2018-yil 6-oktabr kuni Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti fakulteti huzurida 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi uchun ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda filologiya fanlari doktori, prof. B.Yo‘ldoshev, filologiya fanlari doktori, dots. X.Jabborov, Samarqand davlat chet tillari instituti professori, filologiya fanlari doktori M.N.Xolbekov, filologiya fanlari doktori, dots. N.Shodmonov, Samarqad davlat tibbiyot instituti Pedagogika, psixologiya, rus va o‘zbek tillari kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori, dots. U.Qarshiboyeva, Buxoro davlat universiteti Nemis va fransuz tillari kafedrasi mudiri filologiya fanlari doktori, dots. M.Jo‘rayeva, Samarqand davlat tibbiyot instituti Tillar kafedrasi mudiri filologiya fanlari nomzodi  D.X.Babayeva, falsafa fanlari nomzodi, dots. A.P.Erkayev, filologiya fanlari nomzodi, dots. G‘.K.Xo‘jayev, filologiya fanlari nomzodi, dots. Y.N.Xamrayeva, siyosatshunoslik fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi H.Jo‘raqobilova va xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Ilmiy seminar yig‘ilishining kun tartibi bo‘yicha Qarshi davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Mahmudov Alisher Yo‘ldoshevichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik  ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan “G.E.Lessing ijodida Sharq va G‘arb voqeligining tavsifi (qiyos va tarjima)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama etildi. Yig‘ilish raisi B.Yo‘ldoshev majlisni ochiq deb e’lon qildi va ko‘riladigan masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Muhokamaga qo‘yilgan A.Mahmudovning dissertatsiya mavzusi Qarshi davlat universiteti Ilmiy kengashi tomonidan 2017-yil 29-avgustda tasdiqlanganligi va ilmiy rahbar etib, filologiya fanlari doktori, prof. M.N.Xolbekov belgilanganligi hamda “OAK Byulleteni” elektron bazasida (2018-yil, 1-son) e’lon qilinganligi aytib o‘tildi.

Ilmiy seminar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi  Mahmudov Alisher Yo‘ldoshevichning  10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik  ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “G.E.Lessing ijodida Sharq va G‘arb voqeligining tavsifi (qiyos va tarjima)” mavzusidagi dissertatsiyasi tugallangan yaxlit ilmiy tadqiqot ekanligi e’tirof etildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKning so‘nggi talablari darajasida yozilgan deb hisoblandi.

Seminar bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________