0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

ABDULLA QODIRIY ASARLARI BILIMDONI ANIQLANDI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha

kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida” gi PQ- 3271-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan har oyda talabalar o‘rtasida ma’lum bir ijodkor hayoti, ijodi va faoliyatiga bag‘ishlab, test sinovlari o‘tkazish orqali kitobxonlikni targ‘ib qilish va keng yoyish tadbirlari boshlandi. Shu maqsadda sentabr oyi “Abdulla Qodiriy ijodini o‘rganish oyligi” deb e’lon qilindi.

29-sentabrda universitet Axborot resurs markazida Abdulla Qodiriy hayoti, ijodi va faoliyatiga bag‘ishlangan test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Test jarayoniga barcha fakultetlardan talaba-yoshlar ishtirok etib, har bir qatnashchiga Abdulla Qodiriy ijodi, faoliyati bilan bog`liq 30 tadan test savollari berildi. Test sinovlari yakuniga ko`ra uchala o`rinni ham O`zbek filologiyasi fakulteti talabalaridan 1-o`rin G`oyibova Anora, 2-o`rin Ochilova Feruza, 3-o`rinni Moyliyeva Mahliyo egalladi. 1-o`rinni egallagan talabaga Abdulla Qodiriy tanlangan asarlar to`plami taqdim etildi. Keyingi o`rinlar sohibalariga ham turli badiiy va adabiy kitoblar sovg`a qilindi. Test sinovlarida faol ishtirok etganligi uchun O`zbek filologiyasi fakulteti talabalari Ro`ziyev Ismoil, Ashurova Mahbuba, Tog`ayeva Gulandon hamda Xorijiy tillar fakulteti talabasi Eshmirzayeva Komilalar ham faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.

Tadbir davomida maxsus so‘rovnoma ham o‘tkazilib, unda “Siz oktabr va noyabr oyida kimning ijodi bo‘yicha test ishlashni xohlaysiz?” degan savol qo‘yildi. So‘rovnomada ko‘pchilik oktabr oyi uchun Abdulla Qahhor, noyabr oyi uchun O‘tkir Hoshimov ijodini ma’qulladi. Tadbir yakunida kitobxonlik bayramini an’anaviy tarzda o`tkazib olishga kelishib olindi.

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________