0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Zoologiya va fiziologiya kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: b.f.n., dotsent

Bobonazarov G’appor Yodgorovich

Telefon: (99 893) 931-79-31

Elektron manzili: qardu_fizio@edu.uz

 

Kafedra haqida 

Zoologiya va fiziologiya kafedrasi 2018 yil noyabr oyida Biotexnologiya va Biologiya kafedralari negizida qayta tashkil etildi. Kafedrada jami 23 nafar professor-o`qituvchilar 23,5 shtat birligida faoliyat ko`rsatishadi. Shulardan 1 nafari fan doktori, professor, 9 nafari fan nomzodi, dotsent, 1 nafari fan nomzodi, katta o`qituvchi, 2 nafari katta o`qituvchi, 10 nafari o`qituvchi-assistentlar. Ilmiy salohiyat 43,5 foizni tashkil etadi.   

Kafedraning hamkorlik aloqalari 

O`zR FA Bioorganik kimyo instituti, O`zR FA Zologiya instituti,  Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, O`zbekiston Milliy universiteti, Respublika Salomatlik instituti, Toshkent davlat jismoniy tarbiya instituti, Samarqand davlat universiteti, Qashqadaryo viloyat sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi, Shahrisabz hamda Qarshi tibbiyot kollejlari, Qarshi Olimpiya zahiralari kolleji va boshqa oliy hamda o’rta maxsus o`quv yurtlari, Qashqadaryo viloyat DSENM, Qashqadaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari, Qashqadaryo viloyat ovchilar va baliqchilar sport jamiyati, qashqadaryo viloyat don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tekshirish instituti, shuningdek bir qancha ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda. 

 

Quyida yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan dars jarayonlari, amaliyotlar va turli tadbirlardan lavhalar keltirib o‘tamiz:

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar

Kafedrada 5140100 – Biologiya yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar hamda 5A 140101 – Biologiya (odam va hayvonlar fiziologiyasi hamda zoologiya) hamda 5A 140103 ixtiologiya va gidrobiologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar tayyorlanadi. Bundan tashqari kafedra a’zolari tomonidan universitetning barcha yo’nalishlarida darslar olib boriladi.

  

Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati

Kafedrada 1 nafar fan dokdori va 11 nafar fan nomzodi dotsentlar faoliyat olib boradi. Ular tomonidan 2019-2020 o‘quv yili davomida bir qator darslik, monografiya hamda o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek xalqaro va Respublika miqyosidagi jurnallarda ham maqolalar chop ettirildi. ettirildi.

Quyidagi 2019-2020 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop ettirilgan ilmiy-uslubiy ishlarni keltirib o‘tamiz:

  1. Nashr ettirilgan monografiya, o‘quv va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar:

Nomi

Turi

Chop etilgan joyi va nashriyoti

Hajmi (b.t.)

Mualliflar

1.

Umumiy gidrobiologiya

darslik

Qarshi sh, Nasaf nashriyoti.

2020 y.

22,5

Bobonazarov G‘.Y.

Izzatullayev Z.

2

Umumiy gidpobiologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlar

O‘quv qo‘llanma

Qarshi sh, Nasaf nashriyoti.

2020 y.

6,2

Bobonazarov G‘.YO

3

Qorasuv qo‘ylari qichima-qo‘tir Sarcoptes scabiei kanalari bioekologiyasi va unga qarshi kurash choralari

monografiya

Qarshi sh, Nasaf nashriyoti.

2020 y.

7.5

Bobonazarov G‘.YO

4

«Xomilador ayollarning sog‘lom ovqatlanishi”

monografiya

Qarshi sh, Nasaf nashriyoti.

2020 y.

9,4

Bo‘ronova G.

5

O‘smirlarning sog‘lom ovqatlanishi

Uslubiy qo‘llanma

Qarshi sh, Nasaf nashriyoti.

2020 y.

6

Umedova Sh.N.

6

Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari

O’quv – uslubiy qollanma

Qarshi DU kichik bosmaxonasi

2019 yil iyun

7

Jovliyev B.X. 

7

O‘zbekistonning zaharli o‘rgimchaksimonlari

Uslubiy qo‘llanma

Qarshi sh, Nasaf nashriyoti.

2019 y.

5

Raxmatullayev A.,

Davronov B.

8

Ovqatlanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar

Uslubiy qo‘llanma

Qarshi DU kichik bosmaxonasi

2019 yil

3.4

Umedova Sh.N.

9

Biozararlanish

O‘quv qo‘llanma

Qarshi sh, Nasaf nashriyoti.

2020 y.

27,2

Berdiyev J

Rahmatullayev A.

Izzatullayev Z

Amitov YA

Jabborov A

Shurqulova J

10

Maishiy qattiq chiqindilarni verminikultivatsiya uslubida qayta ishlash va degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini oshirishda qo‘llash

Qo‘llanma

Nukus sh. Ajiniyoz nomidagi NDPI bosmaxonasi, 2020

2,25

Rahmatullayev A va boshq.

 

2. Chop ettirlgan ilmiy maqolalar ro‘yxati.

Nomi

Chop etilgan joyi va nashriyoti

Hajmi bet

Mualliflar

Xalqaro maqolalar:

1.

Maternal nutrition in the birth and development of a healty baby

AUSTRIA SCIENCE Ежемесячный международный научный журнал. 2 чась. №26/2019. Австрия.

5

Г.Буранова

2.

Циклы развития рептильных гельминтов и экология их популяции.

“Вестрик Науки и Творчества” №2 (38) феврал 2019. г.Казан, Россия

4

Тошов У.

3.

Спортчиларнинг амалдаги овқатланиши ва макронутриентлар

БИОЛОГИЯ ВА ТИББИЁТ МУАММОЛАРИ. Халқаро илмий журнал 2.1.(110)2019 Самарканд 16-17 мая 2019 г.

4

Ш.Қурбонов, К.Дустов

4

Спортчилар овқатланишида витаминларнинг тутган ўрни

БИОЛОГИЯ ВА ТИББИЁТ МУАММОЛАРИ. Халқаро илмий журнал 2.1.(110)2019 Самарканд 16-17 мая 2019 г.

3

К.Дустов

Г.Буранова

З.Ҳосилова

 

Nomi

Chop etilgan joyi va nashriyoti

Hajmi bet

Mualliflar

OAK ro‘yxatidagi va boshqa jurnallarda

1.

Olma qurtining sonini feromon tutqichlar uslubida ishlab chiqish

“Biologiya va ekologiya” ilmiy jurnali 2020 y. №3, 2-jild.

4

Berdiyev J

Rahmatullayev A

2

Homilador onalarning mikronutriyentlarga bo‘lgan talabi va uning qondirilishi.

«Infeksiya, immunitet i farmakologiya» Nauchno-prakticheskiy jurnal. 2/2019. Toshkent-2019.

6

G.B.Buranova

3

Zamondoshlarimizning kundalik ovqatlanishda yo‘l qo‘yadigan asosiy xato va kamchiliklari.

«Infeksiya, immunitet i farmakologiya» Nauchno-prakticheskiy jurnal. 2/2019. Toshkent-2019.

8

SH.Qurbonov

A.Qurbonov

O.Karimov.

4

 Talabalar sog`lom ovqatlanishining o`ziga xos xususiyatlari

«Infeksiya, immunitet i farmakologiya» Nauchno-prakticheskiy jurnal. 2/2019. Toshkent-2019

5

H.Hazratova

5

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari o‘smir-yoshlarining oziq moddalar bilan fiziologik ta’minlanishi

“Infeksiya, immunitet i farmakologiya” ilmiy-amaliy jurnal. Toshkent 2019 yil №2

6

Umedova Sh.N.

6

Qishloq yoshlarining rivojlanishiga doir.

Infeksiya, immunitet i farmakologiya. Nauchno-prakticheskiy jurnal. 2/2019.

4

Kurbanov A. Sh., Iskandarova Sh. A.

7

Yirik shoxli mollarning  Demodex L. kanalari bilan zararlanishi.

Qarshi, QarDu xabarlari, 2019 yil, №1,  142- 146 betlar

5

Bobonazarov G‘.,

Bo‘riyeva X.

8

Bruchophagus roddi  urug‘xo‘r bruhofagustning dinamik iqdoriy soni va uning bedaga keltirgan zarari.

Qarshi, QarDu xabarlari, 2019 yil, №2, 42-46 betlar

5

Raxmatullayev A.

9

Qishloq maktabi o‘quvchilarining oqilona ovqatlanishidagi zamonaviy muammolar

Infeksiya, immunitet i farmakologiya. Nauchno-prakticheskiy jurnal. 2/2019.

6

Rahmatullayev Y, Sattorova I.Y.

10

«Fizilogicheskaya obespechennost pitatelnimi veshestvami uchasheysya molodyoji yuga Respubliki Uzbekistana»

Vestnik Karakalpakskogo otdeleniya Akademii nauk Respubliki Uzbekistan  №3, 2020

5

Umedova Sh.N

11

Qishloqlarda yashovchi o‘smir yoshlar salomatligi va jismoniy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari

QarDU xabarlari 1(43) 2020. 65-68 b.

4

Qurbonov A.SH.

12

Bodring-noyob ne’mat

“Shifo-info” gazetasi, 2019 yil, 5 sentabr, №36(759)

2

Qurbonov Sh.Q

13

Konservalangan mahsulotlar xavfsizligi qanday ta’minlanadi.

“Shifo-info” gazetasi, 2019 yil, 26 sentabr, №39(762)

2

Qurbonov Sh.Q

14

Lavlagi gipertoniyada foydali

“Sihat-salomatlik” oylik ilmiy-ommabop, bezakli jurnal. 2019 yil, 6-son.16-17 betlar.

2

Qurbonov Sh.Q

15

Qabziyat

“Sihat-salomatlik” oylik ilmiy-ommabop, bezakli jurnal. 2019 yil, 6-son.4 bet.

4

Qurbonov Sh.Q

16

Bodring suvida shifo bor

“Sihat-salomatlik” oylik ilmiy-ommabop, bezakli jurnal. 2019 yil, 9-son.22 bet.

1

Qurbonov Sh.Q

17

Zararli yog‘ bizga kerakmi

“Sihat-salomatlik” oylik ilmiy-ommabop, bezakli jurnal. 2019 yil, 11-son.5- bet.

1

Qurbonov Sh.Q

Kafedradagi ilmiy-tadqiqot ishlari 

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi: 

1. Oshqozon-ichak yo‘lida turli oziq-moddalarning hazm bo‘lishi; 

2. Aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o‘rganish hamda oqilona ovqatlanish masalalarini targ‘ib qilish; 

3. Membrana orqali turli xildagi elementlar va biologik faol moddalarning tashilish mexanizmlarini o‘rganish. 

4. Janubiy O’zbekistonning umurtqali va umurtqasiz hayvonlari faunasi, bio-ekologiyasi hamda ulardan oqilona foydalanish; 

5. O’zbekiston Janubida qishloq xo’jalik ekinlari va mahsulotlariga zarar keltiruvchi zararkunandalar bio-ekologiyasi, ularga qarshi kurash chora-tadbirlari.

 

Ushbu yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar asosida bugungi kunda kafedra mustaqil tadqiqotchisi K.Do‘stov o‘zining “Har xil sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning (kurashchi, yengil atletikachi, futbolchi va b.) oqilona ovqatlanishi va uni ratsionallashtirish” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini samarali davom ettirmoqda. Shuningdek, kafedra o‘qituvchisi G. Bo‘ronovaning “Homilador va emizikli onalarning amaldagi ovqatlanishini tahlil qilish va uni ratsionallashtirish yo‘llari (O‘zbekiston Respublikasining janubiy viloyatlari misolida)” hamda Sh.Umedovaning “Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining amaldagi ovqatlanishi va uni ratsionalalshtirish yo‘llari” dissertatsiya mavzulari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Byulletenida mos ravishda  V2018.2.PhD/B201 va V2018.2.PhD/B204 raqam ro‘yxatga olindi va tasdiqlandi (OAK blyulleten, 2018 yil №2). 

Bundan tashqari, kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning tibbiy asoslari yo‘nalishlari bo‘yicha ham ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek,  joylarda aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o‘rganish va oqilona ovqatlanish tamoyillarini mahalliy urf-odatlar, sharoitlarni hisobga olgan holda targ‘ib qilish borasida ham katta ishlar amalga oshirildi. Bu qilingan ishlarning natijalari xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy konferensiya materiallarida e’lon qilib kelinmoqda. 

2019-20 o‘quv yilida kafedra professor o‘qituvchilari onlayn tarzda o‘tkan bir qator Respublika va  Xalqaro miqiyosdagi ilmiy-nazariy konferensiyalarda o‘z materiallari bilan ishtirok etishdi. 

Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasi o‘laroq, kafedra prof-o‘qituvchilari mazkur yilda 1 ta darslik,  2 ta monografiya, 2 ta ўқув қўлланма 7 та o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr qilindi. Xalqaro miqiyosdagi jurnallarda  5 ta maqola, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 2 ta, Xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda 7 ta, Respublika miqyosidagi anjumanlarda 17 ta tezis chop qilindi. Shuningdek, Viloyat va universitet miqyosidagi ilmiy  anjumanlarda 38 ta tezis e’lon qilindi. 

Iitidorli talabalar bilan ishlash. Biologiya ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabasi Muxlisa Ikromova, biotexnologiya ta’lim yo‘nalishining talabalari Shalola Berdiyorova va Jumanazar Xoltojiyevlar Rossiyadagi «Studencheskiy vestnik» va Internauka: nomli ilmiy jurnallarda o‘z maqolalari bilan ishtirok etishdi. 

Kafedrada professor-o‘qituvchilar rahbarligida tez-tez iqtidorli talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa turli tadbirlar tashkil etib turiladi. 

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash holati talablar darajasida. Iqtidorli talabalarni aniqlash, tanlash, qiziqishlariga qarab ilmiy mavzular berish natijasida amalga oshirilgan ishlar ijobiy natija bermoqda. 2019-2020 o‘quv yilida iqtidorli talabalar soni 20 nafarni tashkil etdi va ular kafedrada ilmiy ish bilan shug‘ullanib, shulardan 10 nafar iqtidorli bitiruvchi talabalar o‘zlarining BMI ni muvaffaqiyatli himoya qilishdi. 

«Yosh fiziolog» va “Yosh zoolog” to`garaklari a`zolari va iqtidorli talabalar har oyda tegishli mavzuda ma`ruzalar uyushtirib, yaxshi uyushtirilgan mavzular chop ettirishga tavsiya etiladi. 

Kafedraning innovatsion loyihalardagi ishtiroki 

dotsent A.Qurbonov Tempus dasturining 544134-TEMPUS-1-2013-1-BE-TEMPUS-SMGR “UzDOC: O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari doktorantura tizimi sifatini oshirish” loyihasida, 

b.f.n. I.Hayitov hamda dotsent O.Karimovlar esa “Qashqadaryo viloyatida yangi yaratilgan o’rik, shaftoli va olma navlarining ona bog’larini yaratish, ko’chatlarini ko’paytirish va ishlab chiqarishga joriy etish” innovatsion loyihasida ishtirok etishmoqda. 

Tadbirkorlik ishlari. Mazkur o‘quv yilida kafedramizda universitet rektorining buyrug‘i bilan “Uy hamshirasi” pullik kursi tashkil qilindi. Mazkur yilda bu kurs faoliyati natijasida 6 200 000 so‘m pul universitet hisobiga tushirildi. 

Kafedrada oq’itiladigan fanlar 

Bakalavriat: 

  • Odam va hayvonlar fizilogiyasi
  • Biokimyo
  • Biotexnologiya
  • Biofizika
  • Molekulyar biologiya
  • Ovqatlanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi
  • Yosh fiziologiyasi va gigiyena
  • Odam fiziologiyasi
  • Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari va biomexanika
  • ONF va MNT fiziologiyasi
  • Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi
  • Tibbiy bilim asoslari
  • Valeologiya asoslari
  • Odam anatomiyasi
  • Sport tibbiyoti
  • Jismoniy tarbiya gigiyenasi
  • Davolash jismoniy mashqlari
  • Pediatriya va bolalar gigiyenasi
  • Zoologiya
  • Gistologiya va embriologiya
  • Biologiya asoslari
  • Evolyutsion ta’limot
  • Populyatsiyalar ekologiyasi
  • Entomologiya
  • Biozararlanish
  • Parazitologiya
  • Biotibbiyot asoslari 

Magistratura: 

  • Ichki muhit fiziologiyasi
  • Oliy nerv faoliyati
  • Hazm va oziqlanish fizologiyasi
  • Moddalar va energiya almashinuvi fiziologiyasi
  • Ekologik fiziologiya
  • Endokrin tizim fiziolgiyasi
  • Markaziy nerv tizimi fiziologiyasi 
  • Umumiy gidrobiologiya
  • Akarologiya
  • Intensiv akvakultura
  • Baliq kasalliklari
  • Baliqlar ekologiyasi
  • Bioxilma-xillik va uni muhofazasl
  • Amaliy molekulyar zoologiya
  • Zoogeografiya 

Kafedra tarkibi: 

  • Bobonazarov G‘appor Yodgorovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent. Kafedra mudiri.
  • Qurbonov Shoniyoz Qurbonovich – biologiya fanlari doktori, professor, O’zR Turon Fanlar akademiyasi akademigi
  • O‘roqov Salom O‘roqovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Karimov Olim Rasulovich– biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Berdiyev Jo‘ra Xursandovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Qurbonov Abdulaziz Shoniyozovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Davronov Barno Orziyevich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Ro‘ziyev Baxtiyor Xushmurodovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Rahmatullayev Yorqin Shokirovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Rahmatullayev Almardon Yusupovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • Cho’liyev Ikrom Ne’matullayevich – biologiya fanlari nomzodi, katta o’qituvchi.
  • Jovliyev Baxtiyor Xolbayevich – katta o’qituvchi.
  • Toshov O‘tkir Jumayevich – katta o‘qituvchi.
  • Do’stov Karim To’rayevich – o’qituvchi.
  • Halimov Murodulla Ziyodullayevich – o’qituvchi.
  • Bo’ronova Gulnoza Boymuratovna– o’qituvchi.
  • Hazratova Hulkar Normurodovna - o’qituvchi.
  • Sattorova Iroda Yangiboyevna - o’qituvchi.
  • Hosilova Ziyofat Begmurodovna - o‘qituvchi.
  • Umedova Shohida Numanovna - o‘qituvchi.
  • Qiyomova Nozigul Farhodovna – o‘qituvchi.
  • Norqobilova Zarina Boyqobil qizi– o‘qituvchi.
  • Omoova Nafisa Raximovna– o‘qituvchi. 

Kafedrada olib borilgan tashkiliy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar. 

Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, kasb-hunar kollejlar boshqarmasi hamda turli tashkilotlar bilan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsadida universitetda karyera kuni va ochiq eshiklar kuni o‘tkazilishida faol ishtirok etildi; 

Mazkur yilda kafedrada 22 nafar 5140100 – biologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchi bo‘lib, ulardan 12 nafari tuman va shahar maktablarida, kasb-hunar kollejlarida ishlash uchun shartnomani imzoladilar, 5 nafari viloyatimizning turli tashkilotlari bilan (Qashqadaryo viloyati DSENM va b) shartnoma tuzgan va qolgan 5 nafari esa yosh bolali va homilador bo‘lganligi uchun bola tarbiyasi bilan band ekanligi haqida ma’lumotnoma taqdim etdi. 

Zoologiya va fiiziologiya kafedrasida 12 ta akadem guruh bo‘lib, barcha guruhlarga  biriktirilgan guruh murabbiylari o‘z guruhlarini  yillik ish rejalarini tuzgan va guruh murabbiylari ish rejaga asosan  guruhlarda ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. 

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlar. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan fakultet va talabalar turar joylarida muntazam ravishda turli ma’naviy - ma’rifiy va tushuntirish ishlari olib borishmoqda. Sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda talaba yoshlar bilan davra suhbatlari muntazzam o‘tkazilmoqda. Har bir akadem guruh rahbari talaba yoshlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik holatlarini oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqqan. 

Kafedraga tegishli akadem guruh talabalarining ko‘pchiligi 2-TTJ da istiqomat qilishmoqda. TTJ da kafedra professor-o‘qituvchilarining navbatchiligi jadval asosida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kafedra mudiri tomonidan har oyning oxirida nazorat qilib boriladi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kafedra tomonidan muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilib, o‘tkazilib kelinmoqda. TTJ da istiqomat qiladigan har bir talabaning xonasida tegishli tekshiruv va nazorat daftarlari yuritib kelinmoqda. Talabalar turar joyida olib borilayotgan ishlar kafedra yig‘ilishlarida muntazzam muhokama qilib kelinmoqda. 

2019 yil 14 noyabr kuni 2-TTJ “Odam savdosi davr muammosi” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. 

2019 yil 5-dekabrda 2-TTJda Zoologiya va fiiziologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 27 yilligigi bag‘ishlab “Konstitutsiya-halqimiz farovonligi yo‘lida”  mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib  kelinmoqda. 

2020 yil 2 fevral Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Zoologiya va fiiziologiya kafedrasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Liberar demokratik partiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston respublikasi prezidentining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda qurilish mollarining bojxonadan o‘tish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida qabul qilingan qonunlariga hamda Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. 

2020 yil 6 fevral Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Zoologiya va fiiziologiya kafedrasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston Liberar demokratik partiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308 Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini  Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat Dasturi” ning mazmun mohiyatini talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar orasida targ‘ib etish. 

2020 yil 2 mart kuni Qarshi davlat universiteti  Tabiiy fanlar fakulteti Zoologiya va fiiziologiya kafedrasida “Odam savdosi-hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat” mavzusida tadbir o‘tkazildi. 

2020 yil 6 mart kuni Zoologiya va fiiziologiya kafedrasida Odam savdosi bo‘yicha talaba yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlar olib borish maqsadida “Odam savdosi-hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

2019-2020 o‘quv yilida kafedrada tashkil etilgan tashkiliy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan lavhalar. 


Kafedra manzili: Qarshi shahri, Ko’chabog’, №17. Tabiiy fanlar fakulteti binosi, 4-qavat

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________