0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07


Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Ilm-fan bilan shug‘ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag‘batga munosib.

Shavkat MIRZIYOYEV

 

YANGI YIL BAYRAMI MUNOSABATI BILAN

REKTOR TABRIGI

Muhtaram professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar, qadrli ishchi-xodimlar! 

Mana shunday fayzli damlarda Sizlarga, avvalo, o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni izhor etib, qutlug‘ qadamlar bilan tashrif buyurayotgan Yangi yil bilan tabriklab, barchangizga chin qalbimdan sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga xotirjamlik va farovonlik tilashni o‘zim uchun katta baxt deb bilaman.

Shuni ta’kidlash kerakki, kuni kecha mamlakatimizda yirik siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlar yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda yurtdoshlarimiz o‘z fuqarolik burchi, qonuniy huquqlaridan foydalanib, vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga qodir, uning kelajagiga befarq bo‘lmagan, el-yurt farovonligi uchun xizmat qiladigan nomzodlarga ovoz berdilar. “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu siyosiy jarayonlar hukumatimiz tomonidan xalq manfaati yo‘lida olib borayotgan keng islohotlarning namunasi sifatida e’tirofga loyiq. Keng ko‘lamdagi bunday ijobiy islohotlar, albatta, boshqa sohalar qatorida universitetimiz faoliyatida ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.

Bugun yangi yilga, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qo‘ymoqdamiz. Yil yakunida har bir inson tabiiy ravishda o‘tgan bir yillik umrini, yil davomida qilgan ishlariyu, erishgan yutuqlarini sarhisob qila boshlaydi. Shuni faxr bilan ayta olamanki, o‘tgan davr mobaynida universitetimiz jamoasi o‘zining asosiy vazifasi hisoblangan, mamlakatimizning rivojlanishiga, uning taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan yetuk kadrlar yetkazishdek sharafli, shu bilan birga zahmatli vazifani munosib uddalab kelmoqda.

Bundan tashqari, hozirgi kunda universitetimiz dunyoning nomdor universitetlari orasida o‘zining munosib o‘rnini egallayotgani, qator xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yayotgani ham jamoamizning eng katta yutuqlari sifatida baholanadi. Jumladan, universitet 2019-2020 o‘quv yilida 3 ta, jumladan, BelDU bilan hamkorlikda 2 ta, Moskva davlat lingvistika universiteti bilan hamkorlikda 1 ta qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Joriy yilning 20-27 avgust kunlari 2019-2020 o‘quv yili uchun 3 ta yo‘nalishga abituriyentlar uchun kirish imtihonlari Rossiya OTMlari vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Lingvistika magistraturasiga 3 nafar, ingliz tili bakalavriatiga 25 nafar, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishiga 25 nafar talabalar qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2909-sonli qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida universitet 55 ta xorijiy OTMlar bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi.

Universitetimiz iqtidorli talabalari ham 2019-2020 o‘quv yili davomida qator yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘nga yaqin iqtidorli talabalarimiz Respublika fan olimpiadasida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Bundan tashqari, talabalarimiz 30 ga yaqin Xalqaro miqyosdagi va qirqqa yaqin Respublika miqyosidagi tanlov hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishmoqda. 

 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari va Davlat stipendiyalariga o‘tkazilgan tanlovda iqtidorli talabalarimizdan 6 nafari Prezident, Navoiy, Ulug‘bek va Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasiga munosib ko‘rildilar.

Yosh avlod Vatan tayanchi, kelajak vorislari hisoblanadi. Ana shu bois yurtimizda so‘nggi yillarda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hukumatimiz va hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan o‘tgan 2019 yilda farzandlarimizning puxta bilim olishlari, el-yurt koriga yaraydigan kasb-hunarlarni egallashlari, turli jabhalarda o‘z ijodiy va intellektual salohiyatlarini namoyon etib, buyuk ajdodlarimizning munosib izdoshlariga aylanishlari uchun qanday shart-sharoitlar zarur bo‘lsa, barchasi bekamu-ko‘st muhayyo etildi. Ayniqsa, yurtimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yangi-yangi ilm muassasalarini ochish, ularning o‘quv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, farzandlarimizni vatanparvarlik, buyuk ajdodlarimizning ezgulik g‘oyalariga yo‘g‘rilgan an’analariga sodiqlik ruhida, barkamol avlod qilib tarbiyalashda faol ishtirokimiz faxrli mehnatimiz mazmunini tashkil etmoqda.

Mana shunday hayajonli va shukuhli damlarda har qaysi inson qalbida, yuragida saqlab kelayotgan ezgu orzu-umidlarning ushalishini, oilasi, yaqinlari, ona yurti tinch-omon bo‘lishini, yangi yil yanada xayrli va barakali bo‘lishini xayolidan o‘tkazadi. O‘tgan yil mobaynida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar, amalga oshirilgan va oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz turmush darajasining yanada yaxshilanishi uchun munosib xizmat qilishi shubhasiz. Bu kelgusida boshqa sohalar qatori ta’lim-tarbiya sohasida, ilmiy sohada, umuman, faoliyatimizning barcha jabhasida bizning zimmamizga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Bugungi kunda universitetimiz Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari reytingida 28-o‘rinni band etib turgani quvonchli hol. Lekin biz o‘z oldimizga yanada yuksak marralarni qo‘ygan holda reytingdagi o‘rnimizni bosqichma-bosqich eng yuqori o‘rinlarda tilga olinishini maqsad qilamiz. Ishonamanki, kirib kelayotgan 2020 yil o‘tgan yildagiga qaraganda yanada xosiyatli va samarali bo‘ladi.

Yangi yilda Sizlarga yangi omadlar, yangi yutuqlar, yangi g‘oyalar hamda yangi imkoniyatlar hamroh bo‘lsin! Yangi yil o‘zi bilan hayotingizga, xonadoningizga to‘kin-sochinlik, sihat-salomatlik va baxtli onlarni olib kelsin!

 

B.A.SHOIMQULOV,

universitet rektori

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________