0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning tibbiy, pedagogik va psixologik muammolari

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

O‘tgan yilning 14 sentabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi kengashlarining qo‘shma qarori bilan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

To‘ylar va boshqa marosimlarda meyoridan ortiq dabdaba, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yish kabi holatlar davom etayotgani og‘riqli muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi targ‘ibot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Qarshi davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi, Filologiya va Ijtimoiy fanlar fakultetlari hamkorligida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning tibbiy, pedagogik va psixologik muammolari” mavzusidagi tadbir tashkil etildi. Tadbirni universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Uzoqova kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora–tadbirlar dasturi”ning mazmun – mohiyati haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra yoshlar o‘rtasida oilaning muqaddasligi, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratilishi, respublikamizda yoshlarga, yosh oilalarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yosh oilalar hayotini yangi bosqichga olib chiqish, namunali yosh oilalarni hayot tarzini targ‘ib qilishga alohida e’tibor berish zarurligini alohida ta’kidladi.

Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Qarshi shahar bo‘limi rahbari G.Azizovaning ma’ruzasida turmush kurish arafasida turgan yoshlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyushtirilib, ularni oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni ixcham va isrofgarchiliklarsiz o‘tkazishi bo‘yicha targ‘ibot ishlari tizimli ravishda olib borilayotganligi, yoshlar o‘rtasida urf bo‘layotgan "ommaviy madaniyat" belgilari hisoblangan "Love story", qimmatbaho mashinalar korteji va boshqalarning salbiy oqibatlarini ko‘rsatib beradigan tushunchalar berildi. Qarshi shahar “Nikoh uyi” direktori X.Sharipova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida yoshlar va yosh oilalar masalalari bo‘yicha berilgan topshiriqlar hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar, xotin-qizlarning oila va mehnat faoliyatidagi vazifalari, baxtli oila qurishda ayol va erkakning asosiy burchlariga alohida to‘xtaldi. Tadbir davomida viloyat “Nuroniy” jamg‘armasining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi S.J. Mirova to‘y va marosimlar shaxsiy ish emas, mamlakat va millat taqdiriga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega masaladir, shu sababli xalqimizning tabiatiga mutlaqo yarashmaydigan, oilalarning moddiy ahvolini og‘irlashtiradigan, ularning turmushini izdan chiqaradigan bema’ni holatlarga barham berishni hayotning o‘zi talab qilmoqda deya e’tirof etdi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida tashkil etildi. Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Uchrashuvda 80dan ortiq yosh oila vakillari va oila qurish arafasida turgan yoshlar ishtirok etdilar.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________