O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-yanvardagi PQ-4942-son qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universitetining filiali tashkil etildi. Natijada yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 130 taga yetdi.
✅ Bugungi kunda respublikada 130 ta OTM faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:
davlat oliy ta’lim muassasalari – 96 ta;
nodavlat oliy ta’lim muassasalari – 9 ta;
xorijiy OTMlar va ularning filiallari – 25 ta.
Ushbu ro‘yxatga harbiy va diniy OTMlar kiritilmagan.