0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Qarshi davlat universiteti rektori iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yoshlarga oid davlat siyosati – bu davlatning demokratik taraqqiyot yo‘lida rivojlanishida yoshlarni muhim strategik kuch sifatida tan olinmoqda.

Yoshlarning qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, ta’lim tizimidagi mutasaddilarning ma’suliyatli vazifasidir.

Qarshi davlat universitetida joriy o‘quv yilida 15 ming nafardan ziyod talaba-yoshlar tahsil olmoqda. Ularning orasida iqtidorli, g‘oyalari bisyor yoshlar ko‘plab topiladi. Yaqinda davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi shahridagi Yoshlar markazida qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashuvda Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti talabalari Shohida Jo‘rayeva hamda Viktoriya Sarkisyan qatnashishgan edi.

Aytish joizki, yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqotda Shohida Jo‘rayeva Prezidentga yoshlar, yosh oilalarning psixologik madaniyatini oshirish, ularni katta hayotga tarbiyalash maqsadida “Yosh psixologlar” markazini tashkil etish taklifini bildirdi. Yosh dasturchi-tarjimon talabamiz Viktoriya Sarkisyan esa O‘zbekiston hamda BAA davlatlari hukumatlari qo‘shma loyihasi hisoblangan “mGovAward - eng yaxshi davlat mobil ilovasi" tanlovida jamoaviy hisobda g‘olib bo‘lib, ta’limda axborot texnologiyalarni rivojlantirish uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shganligi e’tirof etilgan edi.

Joriy yilning 18 noyabr kuni ushbu talabalar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Qarshi davlat universiteti rektori, professor B.Shoimqulov har ikki talabani muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Ularning ta’limda axborot texnologiyalarni rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini targ‘ib qilishda, talaba-yoshlar orasida o‘zining ilg‘or g‘oyalari bilan bir qator tadbirlarda  faol ishtiroki hamda jamoat ishlarida faolligini e’tirof etgan holda universitetda tashkil etishi rejalashtirilgan IT loyihalarida munosib ishtirok etishlarini qo‘llab quvvatlashini alohida ta’kidladi. Samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot yakunida Qarshi davlat universiteti rektori B.Shoimqulov ularning tashabbuslarini diqqat markazda bo‘lishini aytib o‘tdi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________