0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Akademik litsey o‘quvchilari uchun teledarslar boshlandi

Ovozlar reytingi:  / 5
SayozZo'r 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan karantin tufayli e’lon qilingan ta’til mobaynida o‘quvchilar va talabalarga masofadan bilim olish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida barcha resurslar ishga solinmoqda.

Navbatdagi loyiha "UzReport" telekanali ijodkorlari bilan hamkorlikda tashkil etilib, “Teledars” ko‘rsatuvi o‘quvchilarga uydan chiqmasdan sifatli ta’lim olish imkonini beradi.

“Teledars” dasturida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “International house-Tashkent” akademik litseyining xalqaro tajribaga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchilari ilg‘or texnologiyalar asosida respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari uchun onlayn videodarslar taqdim etishadi.

“Teledars” dam olish kunlaridan tashqari har kuni:

10:15da geografiya;

11:15da matematika;

12:15da fizika fanlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Shuningdek, dasturni "UzReport" telekanalning facebook sahifasi (https://www.facebook.com/uzreport.tv/videos/434445630695491/) va youtube kanali (https://www.youtube.com/watch?v=fVQqScDkeeM) orqali bevosita onlayn efirda kuzatib borish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining facebook sahifasi (https://www.facebook.com/mvsso/) va youtube kanalida (https://www.youtube.com/channel/UC62RfVrE7-JfA8JFBMO3WUA) tanishish mumkin.

Hozirda vazirlik O‘zMTRK va O‘zEOAVMA tizimidagi telekanallar orqali talabalar va o‘quvchilarga videodarslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

Shu o‘rinda, o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni so‘rab qolamiz.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________